Bugun O`zbekistonning 4 ta viloyatida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda quruq, kam bulutli ob-havo bo`lishi saqlanib turadi, faqat kechga tomon Toshkent, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishi hisobiga ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 27-32°, janubda va cho`l hududlarida 38° gacha bo`ladi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30-32° bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qiqsqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22° bo`ladi. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring