Bugun O`zbekistonning 4 ta viloyatida yomg`ir yog`adi, ayrim hududlarda sel kelish xavfi bor

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30-35° atrofida saqlanib turadii


Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 30-32° ni tashkil etadi.
 

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq buladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 18-23° bo`ladi.

Реклама на Unews

Farg`ona vodiysi va Qirg`izistonga yondosh hududlarda kutilayotgan mahalliy yomg`irlar hisobiga, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida SEL KELIShI XAVFI BOR.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring