Bugun o`zbekistonliklar yaldo kechasini qarshi oladilar. Bu nima degani?

Bu haqda “O`zgidromet” etakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov yozmoqda.

Quyoshning harakati ushbu kunlari osmondagi eng qisqa yoyni tasvirlaydi hamda erning shimoliy yarim sharida uning ufq ustidagi eng past holatda bo`lishini ta`minlaydi.

Qoida tariqasida, eng qisqa kun 20-23 dekabrga to`g`ri keladi. Joriy yil yaldo kechasi bugun – 21 dekabrga to`g`ri keladi. 

Turli xalqlarda Yaldo kechasi turli naqllar va hodisotlar bilan tasvirlanadi. Masalan, o`zbeklarda "To`qsonda to`rg`ay odimi bilan, qantar og`sa, qarg`a odimi bilan kunlar uzayadi" deyiladi. 

"Ruslarda eng uzun tun kuzatilgan sanadagi ob-havo hodisalariga qarab, ular kelgusi yoz oyida hosil qanday bo`lishini aniqlashga harakat qilishgan. Agar daraxtlarda qirov va kuchli bulduruq kuzatilsa, bu, yaxshi hosildor yil degani. Agar, shimoliy shamol shu kuni esib tursa, uning yo`nalishi aniq 3 oygacha o`zgarmaydi, deb ishonishgan. Agar eng qisqa kun quyoshli bo`lsa, unda bahor kech boshlanishi aytiladi" deyiladi xabarda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring