"Bugun O`zbekistonga sovuq havo massasi kirib keladi"

"O`zgidromet" kuchli yog`ingarchilikdan ogohlantirmoqda.

Qayd etilishicha, bugun kunduz kuni O`zbekistonga Volga bo`yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. 

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.  Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 4-9° iliqgacha, shimolda 1-6° iliqgacha bo`ladi.

Реклама на Unews

Poytaxtda kunning birinchi yarimda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduz kuni 5-7° iliqni tashkil etadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring