Bugun O`zbekistonda juda issiq ob-havo saqlanib turadi

Sinoptiklarning ma`lum qilishlaricha, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha juda issiq ob-havo saqlanib turadi, ushbu holat Eron hududlaridan juda issiq havo kirib kelishi hisobiga sodir bo`ladi. Shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduz kuni havo harorati 39-44° gacha, janubda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda 45-46° gacha isiydi.  

Poytaxtimizda issiq bo`ladi. Kechga tomon shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 42-44° ni tashkil etadi.

Tog`li hududlarda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 28-33° bo`ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring