Bugun O`zbekistonda juda issiq ob-havo kuzatiladi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun 5 iyulda O`zbekistonda issiq ob-havo saqlanib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 38-43° atrofida bo`lib, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 44-46° gacha isiydi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo xarorati 40-42° gacha isiydi.  

Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, kechga tomon ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-34° bo`ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring