Bugun O`zbekistonda juda issiq havo bo`lib, ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatiladi

 O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 7 iyulda kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha juda issiq ob-havo saqlanib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Haroratning maksimal qiymati 40-43° ni, shimolda, janubda va cho`l hududlarida 44-46° gachani tashkil etadi.

Poytaxtimizda quruq va issiq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo kunduzi 41-43° gacha isiydi.

Respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35° bo`ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring