Bugun O`zbekistonda jazirama ob-havo bo`ladi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda kam bulutli va quruq ob-havo bo`lishi saqlanib turadi. Shamol ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 34-39°, shimolda, janubda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda 40-42° gacha bo`ladi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 37-39° bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 23-28° bo`ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring