Bugun O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba`zi joylarda esa changli bo`ron bilan 23-28 m/s gacha kuchayadi. Havo 35-40° gacha isiydi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 37-39° bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba`zi joylarda esa changli bo`ron bilan 23-28 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 24-29° bo`ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring