Bugun O`zbekistonda 47 daraja issiq bo`ladi — "O`zgidromet"

O`zbekiston Gidrometeorlogiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Ba`zi joylarda shamol chang-to`zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Farg`ona viloyatining tog` oldi va tog`li hududlarida glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati 40-45°, shimolda, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 47° gacha bo`ladi.

 

Poytaxtda havo quyoshli bo`ladi. Maksimal harorati 41-43° ga etadi.

 

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30-35° bo`ladi.

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring