Bugun O`zbekistonda 44 daraja issiq bo`ladi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun 3 iyulda O`zbekistonda issiq ob-havo saqlanib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Maksimal harorat qiymatlari 38-41°, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 43-44° gacha bo`ladi.

🔹Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo 39-41° gacha isiydi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, bayzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-34° bo`ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring