Bugun O`zbekistonda 40 darajagacha issiq bo`ladi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha havo quruq, kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 34-39° atrofida bo`ladi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 35-37° gacha isiydi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27° bo`ladi.

Реклама на Unews

Kutilayotgan mahalliy yomg`irlar hisobiga respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida SEL KELISh XAVFI BOR.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring