Bugun O`zbekistonda 37 daraja issiq bo`ladi, Farg`ona vodiysida yomg`ir yog`ishi mumkin

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 14 iyul kunduz kuni O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-37° bo`ladi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 33-35° bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 23-28° bo`ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring