Bugun O`zbekistonda 37 daraja issiq bo`ladi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 12 iyulda kunduz kuni O`zbekistonda kam bulutli, yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, fakat Fargona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda kiska muddatli ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-37° bo`ladi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 33-35° bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s gacha tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 21-26° bo`ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring