Bugun O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun BAAdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi dastlabki nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Toshkent vaqti bilan soat 11:30 da boshlanadigan uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari Sankt-Peterburgning "Zenit" klubiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Dubay shahrida joylashgan NAS sport majmuasida tashkil etiladi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Kecha mazkur o‘yin yopiq eshiklar ortida o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring