Bugun O`zbekiston bo`ylab issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 9 iyulda kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha asta-sekin issiq pasayishi davom etadi, issiqning bunday pasayishi kecha respublika hududining shimoli-g`arbiy hududlarida boshlangan.

Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida va cho`l hududlarida 44-47° issiqdan so`ng harorat 32-37° gacha pasayadi. Qolgan hududlarda issiq biroz pasayadi. Havo harorati 35-40°, ba`zi joylarda 42° gacha, Surxondaryo viloyatida 44-46° gacha atrofida bo`ladi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda havo massasi o`zgarishi hisobiga shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarning ba`zi joylarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 40-42° bo`ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring