Bugun O`zbekiston bayrog`i qabul qilingan kun. Turli hududlarda bayram festivallari bo`lib o`tadi

1991 yil 18 noyabr – O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i qabul qilingan kun.

“O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i to`g`risida”gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari O`tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat bayrog`i va uning ramzi bugungi O`zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo`lgan davlatlar bilan tarixan bog`liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an`analarini o`zida mujassamlashtiradi.

Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog`ining rangi ham moviy rangda edi. 
Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo`lib, u kun charog`onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg`unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg`uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go`zallikka intilishning timsoli. 

Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko`pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. 
Qizil chiziqlar – vujudimizda jo`shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi. 

Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an`analarimiz bilan bog`liq. Ayni paytda u qo`lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham. 
Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an`analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning O`n ikki yulduzga bo`lgan e`tiborimiz O`zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

Davlat bayrog`imizdagi 12 yulduz tasvirini o`zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o`z tuprog`ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

Bugun hududlarda bayram festivallari bo`lib o`tadi

Реклама на Unews

Bugun, soat 10:00 da Toshkentdagi «Ashxobod» bog`i oldidagi ulkan bayroq yonida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyaga qarashli harbiy texnikalar, otliq bo`linmalar motosikllarda harbiy xizmatchilar hamda faol yoshlar ishtirokidagi tantanali parad bilan boshlanadi.

Festival ishtirokchilari Amir Temur xiyoboni bo`ylab harakatlanib, Xalqlar do`stligi san`at saroyi yonida jam bo`ladi. Soat 11:00 da Xalqlar do`stligi san`at saroyi oldida harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko`rgazmasi, harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari, san`atkorlarning konsert dasturlari bo`lib o`tadi.

Qashqadaryoda 

Реклама на Unews

Viloyat markazida O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan vatanparvarlik ruhidagi madaniy-ko`ngilochar tadbirlari o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu maqsadda ushbu tadbirlar vaqtida harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida I.Karimov ko`chasining "Vatanparvarlar bog`i"dan Qarshi madaniyat va aholi dam olish maskani(Atlas)gacha bo`lgan qismi soat 09:00dan 10:00ga qadar yopiladi.

Shuningdek, bugun bayram tadbirlari Respublikaning boshqa shahar va tumanlarida ham tashkil etilmoqda. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring