Bugun koronavirusdan zararlangan 700 ortiq bemor tuzaldi. Afsuski, Toshkentda yana ikki bemor virusning qurboniga aylandi

2020 yil 11 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 31 747 (+202) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi,  deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining 136 nafari Toshkent shahrida, 46 nafari Toshkent viloyatida, 13 nafari Andijon viloyatida hamda 7 nafari Buxoro viloyatida tana harorati ko`tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirzo Ulugbek tumanida yashagan 63 yoshli Sh.Y. (ayol) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 57 yoshli X.Q. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Реклама на Unews

E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 526 nafar, Toshkent viloyatida 136 nafar, Andijon viloyatida 17 nafar, Namangan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida 10 nafardan, Farg`ona viloyatida 3 nafar, jami 712 nafar bemor tuzaldi.  

Shunday qilib, yurtimizda 23 704 (+712) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (74 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 7 839 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring