Bugun ham Toshkent tumanlaridan birida gaz o`chiriladi

Bugun, 11 mart, soat 11:00 dan 18:00 ga qadar Yangihayot tumani Qipchoq ko`chasida olib borilayotgan ta`mirlash ishlari tufayli ushbu manzilda gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda tuman hokimligi Axborot xizmati xabar qildi.                                                                                                                       

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmatining xabariga ko`ra, ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring