Bugun ham respublika bo`ylab yomg`irli ob-havo bo`lishi kutilmoqda

Bugun kunduz kuni Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 7-12° iliq, shimolda 2° sovuq-3o iliq bo`ladi. 

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring