Bugun ham qor yog‘adimi?

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, 25 fevralda O‘zbekistonda sovuq ob-havo bӯladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Janubiy va sharqiy tumanlarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduz kuni 2-7° sovuqqacha, shimolda  8-13° sovuqqacha pasayadi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-5° sovuqqacha pasayadi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ❄️ba’zi joylarda qor yog‘adi. ⚠️Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamolning 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° sovuq atrofida bӯladi.

Реклама на Unews

Yog‘ib ӯtgan yog‘ingarchiliklar va havo harorati kechalari 7-12° sovuqqacha, shimolda esa 17-22° sovuqqacha pasayishi hisobiga yӯllarda yahmalak hosil bӯladi. 
 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring