Bugun Halakov oltin medal uchun kurashadi

Bugun Belgradda o`tkazilayotgan Jahon chempionatining final bahslari bo`lib o`tadi. -60 kg vazn toifasida chempionlik uchun ringga ko`tariladigan hamyurtimiz Abdumalik Xalakov bugungi jangi oldidan vazn o`lchash va FaceOff marosimida qatnashdi.

Ushbu jangda bokschimizning raqibi tajribali charm qo`lqop ustasi fransiyalik Sofian Oumia bo`ladi. Jang Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanishi kutilmoqda.

Oltin medal uchun kurashda sportchiga omad tilab, ulkan ishonch bildirib qolamiz! Terma jamoa uchun Halakov yagona oltin medalni qo`lga kiritishi mumkin.

Реклама на Unews

Eslatib o`tamiz, kecha musobaqaning kashfiyotlaridan biriga aylangan -92 kg vaznli bokschimiz Madiyar Saidrahimov bronza medali sohibiga aylangan edi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring