Bugun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 30-35 darajani, shimolda 23-28 darajani tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 32-34 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 23-28 daraja bo‘ladi.

Реклама на Unews

Avvalroq 10-12 sentyabr kunlari O‘zbekistonga Volga bo‘yi hududlaridan biroz nam va salqin havo oqimi kirib kelishi xabar qilingandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring