Bugun ayrim hududlarda yomg`ir yog`adi -"O`zgidromet"

"O`zgidromet" bugun 28 oktyabr kuni bo`lishi kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berdi.

Unga asosan, bugun kunduz kuni O`zbekiston hududi nam havo massalari ta`siri ostida bo`ladi.

 Respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

Реклама на Unews

Havo harorati 8-13° iliqni tashkil etadi. 

Poytaxtda havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati pasayadi va 10-12° iliqni tashkil etadi. 

Tog`li hududlarda havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo`ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring