Bugun, 26 sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog‘istonda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 30-35° ni, shimolida 20-25° ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-34° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 21-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27° bo‘ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring