Bugun 1-smenada nechta abituriyent testdan chetlashtirilgani ma’lum bo‘ldi

Bugun test sinovlari 1-smenasida 59250 nafar abituriyent test topshirishi rejalashtirilgan edi. Shundan 55767 nafari ishtirok etdi. 3474 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra testga kelmadi,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Bir nafar abituriyentning tana harorati baland bo‘lganligi uchun testga kiritilmadi va dalolatnoma tuzildi.

8 nafar abituriyent kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi. Xususan, ularning 4 nafari telefon, 1 nafari «shpargalka», 2 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan, 1 nafari hujjatni soxtalashtirgani uchun chetlashtirilgan.

Реклама на Unews

Test sinovlari jarayonlarida tartib-qoidani buzganligi uchun 29 nafar abituriyent testdan chetlashtirildi. Jumladan, ularning 26 nafari telefon va boshqa turli elektron vositalardan foydalangani uchun, 1 nafari shpargalka, 1 nafari kalkulyator va 1 nafari soxta hujjat bilan testga kirgani uchun chetlashtirildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring