Bu yilgi ijodiy imtihonlar bekor qilinishi mumkin

Har yili alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlardagi abituriyentlar ijodiy imtihonlar topshirib keladi. 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlar ijodiy imtihon topshirmasligi mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov matbuot anjumanida ma’lum qildi,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“Ijodiy imtihonlar 2 xil shakldagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Birinchi ta’lim yo‘nalishida test bilan bir vaqtda ijodiy imtihon o‘tkaziladigan va faqat kasbiy-ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari mavjud. Test va ijodiy imtihonlar birga o‘tkaziladigan yo‘nalishlar, masalan, jurnalistika ta’lim yo‘nalishi kabi 13 ta yo‘nalishlarda OTM rektorlari va tegishli idoralarning takliflariga asosan davlat komissiyasiga kiritilgan taklifda abituriyentni ikki marta ovora qilmaslik uchun ijodiy imtihon o‘rniga oldingi yili fanlar blokida bo‘lgan fanlardan faqat test olish taklifi kiritilgan. Masalan, jurnalistika ta’lim yo‘nalishida ona tili va xorijiy til bloki bo‘lgan bo‘lsa, bu yili faqatgina ana shu 2 fanni qoldirgan holda ijodiy imtihonni chiqarish taklifi kiritilgan”, dedi Abduvali Xoliqov.

Eslatib o‘tamiz, bu yil OTMga kirish test sinovlari 2 sentyabrdan boshlanadi va ko‘pi bilan 14 kun davom etadi. Shuningdek, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, imtihonlar Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi stadionlarda o‘tkaziladi

Реклама на Unews

Koronavirus infeksiyasiga chalingan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi va ular to‘lagan pul qaytarib beriladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring