Bu yil paxta terimida majburiy va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘yilmaydi — Bahodir Umrzoqov

Birorta yollanma ishchi shartnoma tuzmasdan turib paxta dalasiga chiqmaydi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

«Bu yilgi paxta mavsumida mehnat qonunchiligiga, Xalqaro mehnat tashkilotlari tomonidan bildirilgan tavsiyalarga qat’iy amal qilinadi, majburiy mehnat va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

O‘tgan yillari majburiy va bolalar mehnati bilan bog‘liq holatlar kuzatildi. Biroq bu yil bunga jiddiy qaraymiz. 

Реклама на Unews

Paxta terimiga ishchilar shartnoma asosida, ko‘ngilli ravishda jalb qilinadi. Birorta yollanma ishchi shartnoma tuzmasdan turib paxta dalasiga chiqarilmaydi», — dedi Umrzoqov. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring