Bu yil akademik litseyda qabul qanday bo’lmoqda?

Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi akademik litseyda yangi o’quv yili uchun hujjatlar joriy yilning 11 mayidan buyon litseyning rasmiy veb-sayti orqali onlayn qabul qilinmoqda. Bu haqida "zarnews.uz" nashri yozmoqda.

Joriy yilning 11 mayidan 10 iyuniga qadar umumiy o’rta ta'lim maktablarining bitiruvchi, iqtidorli 9-sinf o’quvchilari uchun yo’nalishlar bo’yicha chuqurlashtirib o’qitiladigan fanlar xorijiy (o’quvchining xohishiga ko’ra, ingliz, nemis, fransuz) tillar, rus tili va adabiyoti, ona tili va adabiyot, tarix, matematika, fizika fanlaridan akademik litseyga o’quvchilar qabuli uchun dastlabki birinchi bosqich masofaviy onlayn test sinovi o’tkazilmoqda.

Akademik litseyga o’qishga topshirish istagi bo’lgan 9-sinf bitiruvchilari aniq fanlar (texnika) yo’nalishidan tashqari barcha yo’nalishlarda test savollarini o’zlari xohlagan xorijiy til yoki umumta'lim maktabida o’qigan xorijiy (ingliz, nemis, fransuz) tilda topshirishlari mumkin.

O‘tkazilgan dastlabki test sinov natijalari 11 iyun kuni litseyning www.samdchti-al.uz sayti orqali e’lon qilinadi. Saralash, ya'ni ikkinchi bosqich imtihonlari joriy yilning 10 iyulidan 25 iyuligacha o’tkaziladi. Bu yil akademik litseyga 390 nafar o’quvchi olishni rejalashtirganmiz.


Zafar QO‘ZIYEV,

SamDChTI akademik litseyi direktori.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring