BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Bu sodir bo'ldi! Messi Manchester City bilan 700 mln ga imzo chekdi!

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Angliyaning “Manchester Siti” klubi xo‘jayini hisoblangan City Football Group xoldingi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda “Sprots.ru” xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar 5 yillik shartnomaga kelishib olgan. Shartnoma qiymati 700 mln yevro.

33 yoshli argentinalik 3 yil “Manchester Siti”da o‘ynaydi, keyin esa xoldingning boshqa bir klubi “Nyu-York Siti”da ikki mavsum o‘tkazadi.

Messiga to‘lov uchun City Football Group xoldingining hissasi taklif qilindi. Biroq futbolchi pullik to‘lvoni afzal ko‘rishi mumkin. Chunki xolding aksiyalariin baholashda qiyinchilik yuzaga kelishi mumkin.

Avvalroq, “Barselona” Messiga klubni qonuniy tark etishi uchun bir yil futbol o‘ynamasligi va maoshidan voz kechishi kerakligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Chempionlar ligasining chorakfinalida “Bavariya”ga 2:8 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Qaqshatqich mag‘lubiyatdan keyin klub bosh murabbiyi Kike Seten iste’foga chiqarildi.

Klubga niderlandiyalik mutaxassis Ronald Kuman bosh murabbiy bo‘ldi. U Messi bilan alohida suhbatlashganda, hujumchi endilikda klubda alohida mavqega ega bo‘lmasligini aytgan. Shundan so‘ng, Messi jamadonini yig‘ib, ketish harakatiga tushib qoldi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Tojikistonni taslim etdi Uchrashuv kutilganidek maydon egalarining hujumlari bilan boshlandi. 33-daqiqada Shahzod Ubaydullayev chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va uzoq burchakni aniq nishonga oldi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri. Ikkinchi  bo‘lim debyutida tojikistonliklar Zoir Jo‘raboyevning kiritgan to‘pidan keyin oldinga o‘tib oldi. 67-daqiqada Murod Xolmuhammedov penaltini aniq ijro etgan holda hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Mana shu hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi. O‘rtoqlik uchrashuvi 3 sentyabr, payshanba O‘zbekiston — Tojikiston 2:1 Gollar: 1:0 – 33 Ubaydullayev, 1:1 – 48 Jo‘raboyev, 2:1 – 67, penalti Xolmuhammedov. O‘zbekiston: Abduvohid Ne’matov, Islom Qobilov, Ibrohimhalil Yuldashev, Husniddin Aliqulov, Abror Ismoilov (Akmal Mozgovoy, 75), Sanjar Qodirqulov (Nurillo To‘xtasinov, 64), Murod Xolmuhammedov (Iskandar Shoyqulov, 85), Shahzod Ubaydullayev (Shohruz Norxonov, 64), Lutfulla To‘rayev, Hojimat Erkinov (Quvondiq Ro‘ziyev, 64), Oybek Bozorov (Farrux Ikromov, 85). Tojikiston: Shohruh Qirg‘izboyev, Xurshed Beknazarov (Zoir Jo‘raboyev, 46), Manuchehr Safarov, Komron Tursunov (Muhammadjon Rahimov, 88), Alisher Jalilov, Ehsoni Panshanbe, Ahtam Nazarov, Amirbek Jo‘raboyev, Manuchehr Jalilov (Sheriddin Boboyev, 46), Jahongir Ergashev (Umarjon Sharipov, 83), Davronjon Ergashev (Vahdat Hanonov, 75). Ogohlantirishlar: Jahongir Ergashev (27), Manuchehr Safarov (42), Abror Ismoilov (68). Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!
Alisher Usmonovning rafiqasi hukumatga murojaat bilan chiqdi Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasi (RBGF) prezidenti Irina Viner-Usmonova mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli yopilgan o‘quv inshootlarini ochishga chaqirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. “Biz karantin davrida sport mashg‘ulotlarini davom ettirishimiz kerak. Har bir bazada chiroyli maydonlar, ajoyib stadionlar, yurishingiz mumkin bo‘lgan joylar bor va, albatta, mashq qilish juda muhim, buni ta’minlash kerak”, dedi Viner-Usmonova. Uning so‘zlariga ko‘ra, sportchilar o‘z holatlarini saqlab qolish uchun mashg‘ulotlarda faol qatnashishlari zarur. “Agar biz bu sportchilarni karantindan keyin butunlay boshqa joyda ko‘ramiz. Bular faollikka muhtoj bo‘lgan yoshlardir”, dedi RBGF rahbari. Mart oyi oxirida Sport vazirligi Rossiyadagi barcha sport tadbirlarini to‘xtatib turish yoki bekor qilishni, shuningdek, bolalar sport maktablari uchun cheklangan rejimda ishlashni tavsiya qildi. Sport vaziri Oleg Matitsin bolalar murabbiylaridan shogirdlarini qo‘llab-quvvatlashlarini va ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lishlarini so‘radi. COVID-19 pandemiyasi tufayli Rossiyada barcha o‘quv muassasalari yopildi. Rossiya terma jamoalarini yirik xalqaro musobaqalarga tayyorlash uchun yetakchi baza bo‘lgan Novogorsk o‘quv markazi bundan istisno qilindi. Sportchilar va murabbiylar majmuada xavfsiz holatga keltirildi. Ma’lumot o‘rnida, Irina Viner-Usmonova asli o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik miliiarder Alisher Usmonovning rafiqasi hisoblanadi.  O‘qituvchi onlayn darsni tomda, quyoshning issig‘ida olib boryapti (video) Abituriyentlar diqqatiga! «Ma’rifat» gazetasida test savollari e’lon qilinadi Oliy sud: Yulduz Usmonovaning ishi yuzasidan materiallar sudga kelib tushmagan Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring