Bu hafta O`zbekiston hududida kundan-kunga issiq kuchayib boradi — "O`zgidromet"

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`ylab havo ochiq va issiq bo`lishi kutilmoqda, faqat kunning ikkinchi yarmida ayrim tog`li hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Havo harorati kunduzi 35-38° bo`ladi.

 

Ertadan boshlab janubdan Turkmaniston orqali juda issiq havo oqimlarini chiqishni boshlanadi. O`zbekiston hududida kundan-kunga issiq kuchayib, payshanba kuni 38-39° atrofida, shimoliy, janubiy va cho`l hududlarida 40-42° gacha bo`ladi, bu ushbu davr uchun me`yordan 5-6° yuqoridir.

 
 

Juma kuni O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan kuchsiz havo oqimlarini kirib kelishi kutilmoqda. Hududning katta qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat tog` oldi va tog`li hududlarining ayrim joylarida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Bu kuni havo harorati 32-37° bo`ladi.

Реклама на Unews

7-9 iyun kunlari shimoliy va cho`l hududlarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, 10 iyunda respublika bo`ylab ba`zi joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring