Bryus Uillis qiyofadoshi yaratilishi huquqini sotdi

Bryus Uillis o‘zining «raqamli qiyofadoshi» yaratilishi va undan ekranda foydalanilishi huquqini sotgan birinchi Golluvud yulduzi bo‘ldi. Bu haqda The Telegraph xabar bergan.

Aktyor hatto tasvirga olish maydonchasiga borib o‘tirmay, uning yuzi boshqa bir odamning yuziga raqamli usulda qiyofalashtirilib, ya’ni dipfeyk texnologiyasi yordamida allaqachon reklamada tushishga ulgurgan.

Uillis yoz qiyofasidan foydalanish huquqini Amerikaning Deepcake firmasiga berdi. U o‘zining shaxsiy sahifasida shunday yozadi: «Menga personajim yaratilishidagi aniqlik yoqdi. Mini-film men uchun odatiy bo‘lgan jangari komediya janrida. Bu men uchun o‘tmishga qaytishga ajoyib imkoniyat. Zamonaviy texnologiya paydo bo‘lgani bilan, hatto boshqa mintaqada bo‘lsam ham, tasvirga olish jarayonida muloqot qilish, ishlash va ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldim».

Реклама на Unews

Avvalroq Bryus Uillisga nutqda, o‘qish va yozishda qiyinchiliklarni yuzaga keltiradigan kasallik — afaziya tashxisi qo‘yilgandi.

67 yoshli Uiliis 70 dan ortiq filmda turli qiyofalarni, jumladan, politsiyachi Jon Makkleyn obrazini yaratgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring