Britaniyaning Sonantic startapi sun’iy intellektni yig‘lashga va xo‘rsinishga o‘rgatdi!

Buning isboti sifatida kompaniya kompyuterda yaratilgan his-tuyg‘ularga ega ovozning matn o‘qiyotgani aks etgan videoni e’lon qildi. Bu bir qarashda oddiy tuyulsa-da, aslida unday emas. Masalan, Siri yoki Alisa ovozli yordamchilari foydalanuvchilar bilan yig‘lash yoki xo‘rsinish uyoqda tursin, hech qanday emotsiyasiz muloqot qiladi. Biroq Sonantic tomonidan yaratilgan texnologiya ushbu muammoni hal qiladi. Dastur matnni jonli aktyorlardek o‘qimasa ham, erishilgan natija tahsinga sazovor.

Sonantic videoo‘yinlar ishlab chiqaruvchilariga qo‘l keladigan audiomuharrir ustida ham ishlamoqda. Neyrotarmoqlar yordamida o‘n minglab dialoglar qatorlarini ovozlashtirish imkoniyati o‘yinlarni ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi va arzonlashtiradi. Bundan tashqari, yangilik budjeti oz bo‘lgan yangi studiyalarga ham qo‘l keladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring