Britaniya sudi Assanjning AQShga ekstradisiya qilinishini ma’qulladi, uni 175 yillik qamoq jazosi kutmoqda

Londonning Vestminster magistratura sudi chorshanba kuni WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni AQShga ekstradisiya qilishga qaror qildi.

WikiLeaks asoschisini ekstradisiya qilish bo‘yicha yakuniy qaror Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri Priti Patel tomonidan qabul qilinadi.

 

Agar Patel kutilganidek ekstradisiyani ma’qullasa, Assanjning advokatlari e’tiroz bildiradi.

Реклама на Unews

 

Uchrashuv bo‘layotgan vaqtda Assanj tarafdorlari norozilik sifatida sud binosi oldida to‘planishgan.

Leyboristlar partiyasining sobiq rahbari Jeremi Korbin sudni Assanjni ozod qilishga chaqirdi.

Sud qarorini sharhlar ekan, WikiLeaks bosh muharriri Kristinn Xrafnsson jazo o‘lim jazosiga teng ekanini aytdi.

Реклама на Unews

«Endi Julianning hayoti Priti Patel va Boris Jonsonlarning (Bosh vazir) qo‘lida. Ular to‘g‘ri ish qilishlari kerak. Inson hayotini saqlab qolish, bu ekstradisiyani to‘xtatish va matbuot erkinligini oyoq osti qilish ularning qo‘lida», — dedi u.

Julian Assanj - avstraliyalik jurnalist va teleboshlovchi, WikiLeaks asoschisi.

2010 yil dekabr oyida Assanj uni zo‘rlashda gumon qilayotgan Shvesiya iltimosiga ko‘ra Londonda hibsga olingan edi.

2019 yilning 11 aprelida Ekvador hukumati Assanjni Buyuk Britaniyadagi elchixonasida boshpanadan mahrum qildi.

 

AQSh Assanjni 18 ta xakerlik va josuslikda ayblab, ekstradisiya qilishni talab qilmoqda. Hozirda u London yaqinidagi Belmarsh qamoqxonasida saqlanmoqda.

Agar ekstradisiya qilinsa, u 175 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Assanj tarafdorlari va advokatlari uning xatti-harakatlari jurnalistik xususiyatga ega, jurnalistga qo‘yilgan ayblovlar siyosiy sabablarga ko‘ra, sudlanuvchining ruhiy salomatligi xavf ostida, AQSh qamoqxonalaridagi sharoit Britaniyaning inson huquqlari bo‘yicha qonunlariga zid ekanini aytishadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring