Bo`stonliqda elektr uzatgichda yuzaga kelgan qisqa tutashuv oqibatida 7 ta uy yong`ib ketdi (foto)

Joriy yilning 20 sentyabr kuni taxminan soat 14:00 larda Bo`stonliq tumani, “Chinor” MFY, Shirmonbuloq ko`chasida joylashgan 7 ta uyda yong`in sodir bo`lgan.

Toshkent viloyati hokimligi bergan dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`in fuqaro S.Saidboboevga tegishli 38-uyda elektr uzatgichda yuzaga kelgan qisqa tutashuv oqibatida uyning tom qismida yuz bergan, keyin yonma-yon joylashgan 30, 32, 34, 36, 40-uylarga o`tgan.

Реклама на Unews

Yong`inni bartaraf etish uchun FVV tuman bo`limining 65 nafar xodimi, 9 ta o`t o`chirish maxsus avtomashinasi, 3 ta suv tashish texnikasi hamda tuman yo`l qurilish bo`limining 3 ta suv tashish texnikasi jalb qilindi.

Shuningdek, yong`inni o`chirish uchun tuman IIBning 6, Milliy gvardiya tuman bo`limining 10, mahallaning 50 nafar ko`ngilli yoshlari jalb qilinib, ko`rilgan tezkor choralari natijasida soat 18:00 larda yong`in to`liq o`chirildi.

Реклама на Unews

Hozir yong`inning kelib chiqish sabablari FVV viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o`rganilmoqda. 

Shu bilan birga, tuman hokimi boshchiligida hodisa joyida shtab tashkil etilib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Shuningdek, talofat ko`rgan har bir xonadon egalari bilan suhbat o`tkazildi va ularning xohishiga ko`ra, vaqtinchalik yashash joy bilan ta`minlash choralari ko`rildi.

Fuqarolarning uy-joylarini qayta tiklash va yong`in oqibatlarini bartaraf etish uchun tumandagi barcha kommunal va xizmat ko`rsatuvchi korxonalar hamda ularning texnika vositalari jalb qilindi. 

  Ayni paytda tegishli amaliy tadbirlar (fuqarolarga psixologik yordam ko`rsatish, xududni chiqindilardan tozalash va boshqa) olib borilib, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring