Boshlandi... Show-Shuvli Iphone 12 "qovun tushurdi"...

iPhone 12 liniyasidagi iPhone 12 Pro smartfonining kamchiligi - batareyasining ishlash muddati kamligida. Bu haqda "The Verge" nashrida ma’lum qilingan

iPhone 12 Pro batareyasining ishlash muddati 4G va 5G tarmoqlari o‘rtasida juda katta farq qiladi. Bu haqda nashr Bosh muharriri Nilay Patel ta’kidlagan. 

Smartfonning batareyasi muddatini sinab ko‘rish maqsadida jurnalist beshinchi avlodning barqaror tarmog‘i zonasi mavjud bo‘lgan Nyu-Yorkka borgan. Natijalar uning hafsalasini pir qilgan. Ekran taxminan 2,5 soat yonib turgandan so‘ng, smartfonda 18 foiz quvvat qolgan.

Реклама на Unews

Patel 5G va mmWave tarmoqlaridan foydalanganda farq yana ham sezilarli bo‘lishini ta’kidlagan. Chunki mmWave'da ko‘proq energiya sarflanadi.

Yuqoridagi muammolarni Engadget mualliflari ham tasdiqlagan. Ular smartfon batareyasining ishlash muddati ko‘proq bo‘lishini xohlovchilarga seriyaning yosh modellarini emas, balki iPhone 12 Pro Max'ni sotib olishni maslahat berishgan.

Shunday qilib, Amerika nashrlari mualliflari batareyasining ishlash muddati kamligi - yangi smartfonlarning asosiy kamchiliklaridan biri ekanligini aytmoqda.

Реклама на Unews

Shuningdek, "The Verge" Bosh muharriri batareyaning ishlash muddati bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritish uchun Apple'ga murojaat qilgan. Kompaniya vakillari akkumulyator batareyasi to‘liq bir kunga yetishini aytgan.

Jurnalistning xulosasiga ko‘ra 2019 yilda taqdim etilgan iPhone 11 smartfonlari batareyasining ishlash muddati hozirgi flagmanlarga qaraganda yaxshiroq.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 13 oktyabr kuni Apple kompaniyasi uzoq kutilgan yangi iPhone 12 smartfonini namoyish qilgandi. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 04-08-2022 NexzWeept

    cialis daily vs regular cialis <a href="https://cialpriceus.com/ ">bph tadalafil</a> best prices on cialis online

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish