Bosh Vazir o‘rinbosari va boshqa rahbarlar yana velosipedda piyoda va veloyo‘laklarni ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Sport vaziri o‘rinbosari Avaz Karimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Oybek Qosimov, Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov, shahar Turizm departamenti direktori Sanjar Tadjiyev bilan birgalikda poytaxtning Yunusobod tumanidagi piyoda va veloyo‘laklarni ko‘zdan kechirdi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

“Darhaqiqat, bugunga kelib poytaxtimizda mahalliy aholining piyoda yo velosipedda harakatlanishi uchun qator loyihalar amalga oshirilgan, endi bularning targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishimiz va odamlarimizni ommaviy sportga jalb etishimiz kerak. Yunusobod tumanidagi velo- va piyoda yo‘laklarini to‘liq o‘rganish doirasida yo‘laklarda qanday  kamchiliklar borligini aniqlab, mavjud noqulayliklarni bartaraf etishga doir tegishli chora-tadbirlarni tasdiqlab olamiz. Asosiysi, bu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli ravishda amalga oshirishda davom etish”, - dedi Aziz Abduhakimov.

Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, veloyo‘laklarni ko‘zdan kechirib chiqqan ishchi guruh vakillari har bir ko‘chaning qulay joylarida ko‘proq velosiped ijara shoxobchalarini tashkil qilishga kelishgan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring