Bosh prokuror ustidan Prezidentga murojaat yo‘llagan Buxoro prokurori lavozimiga tiklandi

Bosh prokuror ustidan Prezidentga murojaat yo‘llagan Jasur Fozilov 20 dekabrdan Buxoro shahar prokurori sifatida ish faoliyatini boshlagani haqda xabarlar tarqaldi. O‘zA ushbu xabarlar rost ekanini ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura matbuot xizmati O‘zAga bu xabar to‘g‘ri ekanini tasdiqlagan. Lekin xabarga oid to‘liq tafsilotlar hali ma’lum qilinmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda uning Prezidentga murojaati aks etgan yana bir video tarqaldi. Unda Jasur Fozilov Respublika idoralararo komissiyaning qarori bilan tanishib chiqqani va barcha holatlar adolatli va xolisona o‘rganib chiqilganini ta’kidlagan.

Реклама на Unews

«Assalomu alaykum, muhtaram Prezident. Mening ushbu murojaatim shaxsan sizga. Men ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zim prokuror bo‘lib, o‘zim qonunni himoya qiladigan shaxs bo‘lib, sizdan adolat so‘rab murojaat qilgan edim.

Mening murojaatlarim asosida, shaxsan sizning tashabbusingiz bilan Respublika idoralararo komissiyasi tuzilib, Buxoroga yuborildi. Chunki menga, mening oila a’zolarimga, yaqinlarimga nisbatan qonunsiz harakatlar, tazyiqlar boshlangan edi.

Men bugun komissiyaning qarori bilan tanishib chiqdim. Komissiya tomonidan barcha holatlar adolatli, xolisona o‘rganib chiqilgan. Shu jumladan, mening ham xato va kamchiliklarim aniqlanib, menga nisbatan ham javobgarlik belgilanishi nazarda tutilgan.

Barcha holatlar komissiya tomonidan o‘rganib chiqilgan. Ba’zi holatlarga fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida aniqlik kiritish to‘g‘risida xulosa qilingan. Mening ustimdan arizani uyushtirgan tadbirkorlar ham bosh prokuror nomidan foydalanib kelayotganliklari komissiya a’zolari tomonidan aniqlangan.

Men bu qarorni o‘qib, undan adolatni topdim. Sizga ming rahmat. Barcha yig‘ilishlarda, selektorlarda doim ta’kidlaysiz, xalq qonun ustuvorligi ta’minlanayotganini bilishi kerak. Ushbu so‘zlaringiz isbotini shaxsan siz tomoningizdan qilingan harakatlar natijasida o‘zimda ko‘rdim», — deydi Jasur Fozilov.

Ma’lumot uchun, Buxoro shahar prokurori sifatida faoliyat yuritayotgan Jasur Fozilov bundan biri necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali videomurojaatlar bilan chiqish qilgan edi. Unda Jasur Fozilov turli qonunbuzarliklarni tilga olgan edi.

Keyinchalik Bosh prokuratura ushbu vaziyatga munosabat bildirib, Buxoro shahridagi tadbirkorning Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilovning noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi arizasi tekshirilayotganligi haqida ma’lumot bergan. Shundan so‘ng Buxoro shahar prokurori J.Fozilovning murojaati yuzasidan Respublika idoralararo komissiyasi tuzilgan edi.
 
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring