Bosh prokuror: «Bojxonachining uyidan 311 ming dollar chiqdi, bu hali hammasi emas»

Nig‘matilla Yo‘ldoshev yig‘ilishda huquqni muhofaza qilish faoliyatidagi korrupsiya holatlarini alohida tilga oldi. O‘tgan ikki yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 318 nafar xodimi jinoiy qilmishlari uchun javobgarlikka tortilgan, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Masalan, «Ark buloq» bojxona posti boshlig‘i J. boshchiligidagi bir guruh bojxona xodimlari pora evaziga turli sub’ektlar tomonidan import qilingan tovarlar qiymatini pasaytirib ko‘rsatib, davlat manfaatlariga qariyb 9 mlrd. so‘m zarar yetkazgan.

Tergov jarayonida J.ning uyida o‘tkazilgan tintuvda, pora sifatida olingan 311 ming dollar naqd pullar olingan.

Bundan tashqari, jinoiy yo‘l bilan topilgan pullar evaziga Bo‘stonliq tumanida 8 sotixli dala hovli qurganligi, «Toshkent siti» majmuasidan 2 ta xonadon va 1 ta noturar joy hamda «Kaptiva» avtomashinasini sotib olganligi aniqlangan. Hozirda J. va sheriklari sud oldida javob bermoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring