Boris Jonson Britaniya bosh vaziri lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishdan bosh tortdi

Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonson qirollik hukumatining yangi rahbari saylovida qatnashishdan bosh tortdi, u Konservativ partiya (tori) rahbari lavozimiga o‘z nomzodini qo‘ymaydi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

«Ko‘p narsa taklif qila olaman, deb o‘ylayman, lekin qo‘rqamanki, hozir shunchaki buning uchun nomuvofiq bo‘lgan vaqt», — dedi Jonson.

Torilarning qo‘llab-quvvatlashi «jozibador» edi, qirollik bosh vaziri lavozimiga qaytish uchun imkoniyatlarim yaxshi edi, dedi u. Shu bilan birga, «parlamentda yagona partiya» mavjud bo‘lmagan sharoitda samarali boshqaruv imkonsizligini qo‘shib qo‘ydi u. Sobiq vazir ta’kidlashicha, u sobiq mudofaa vaziri Rishi Sunak va savdo aloqalari bo‘yicha kichik vazir Penni Mordont bilan kelishuvga erisha olmagan. Shu munosabat bilan, eng yaxshi qaror bosh vazirlikka da’vogarlikdan voz kechish va g‘olibni qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi, deya aniqlik kiritdi u.

Jonsonni 59 nafar konservator deputatlar qo‘llab-quvvatlagan, saylovoldi poygasini davom ettirish uchun u 100 nafar parlament a’zosi ovozini qo‘lga kiritishi kerak edi. Sunakni eng ko‘p odam qo‘llab-quvvatlamoqda — u 144 ta ovoz to‘pladi.

Jonson Konservativ partiyaning jamoatchilik palatasidagi bosh tashkilotchisi sobiq o‘rinbosari Kris Pincher ishtirokidagi mojarolar fonida Britaniya bosh vaziri lavozimini tark etgandi. Sobiq bosh vazir torilar yetakchisi bo‘lish uchun poygada ishtirok etish rejalarini ma’lum qilmagandi. Biroq 22 oktabr kuni u Liz Trassning iste’fosidan keyin Dominikanadagi ta’tilini to‘xtatib, Buyuk Britaniyaga qaytayotgani xabar berildi.

Konservatorlar 31 oktabr, dushanba kuniga qadar yangi yetakchini saylamoqchi. Sunak bosh vazir lavozimiga o‘z nomzodini 23 oktabr kuni qo‘ydi. U partiyani birlashtirishga va Britaniyadagi moliyaviy vaziyatni tuzatishga va’da berdi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring