Boliviyaning muvaqqat prezidenti koronavirusga chalindi

Boliviyaning muvaqqat prezidenti Janin Anes koronavirusni yuqtirib oldi. Bu haqda siyosatchining o‘zi «Twitter»da ma’lum qilgan, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

«COVID-19 ga test natijalari musbat chiqdi. Ahvolim yaxshi. Izolyasiyada turib ishimni davom ettiraman», — deb yozgan u.

Avvalroq mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri, Markaziy bank rahbari va prezident ma’muriyati boshlig‘i kasalligi haqida ma’lum qilgandi.

Реклама на Unews

«Worldometers» xabariga ko‘ra (2020-yil 10-iyul, soat 8:00), Boliviyada 44113 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, 1638 nafari vafot etgan. 13354 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring