Bolalar bog‘chalari qachon ishga tushadi?

Shu kunlarda ko‘pchilik ota-onalarni “Bog‘chalar qachon ishga tushadi?”, degan savol qiziqtirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati bu savolga oydinlik kiritib, ota-onalar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari e’tiboriga quyidagilarni ma’lum qildi:

“Maktabgacha ta’lim vazirligi sizga shuni ma’lum qiladiki, Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 8 maydagi alohida hududlarda karantin choralarini yumshatish haqidagi qaroriga qaramay, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalari va o‘quv kurslari, shu jumladan, davlat, xususiy, oilaviy, davlat-xususiy sheriklik asosidagi MTTlar faoliyatiga cheklov o‘z kuchida qoladi.

Реклама на Unews

Ushbu cheklov choralarini uzaytirishdan maqsad, bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularning salomatligini koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfidan himoya qilishdir.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida karantin choralariga rioya etmaslik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanganligini eslatib o‘tamiz.

Karantin choralarini yumshatish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bolalar tomonidan koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi to‘la bartaraf etilgan zahoti, MTTlar faoliyati tiklanadi.

Реклама на Unews

Mamlakatimizda bolalar salomatligi uchun xavfsiz epidemiologik vaziyat barqarorlashgach, Maktabgacha ta’lim vazirligi MTTlar faoliyati tiklanishi haqida qo‘shimcha ma’lum qiladi”.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring