Bokschi qizlar jahon chempionatida qatnashish uchun Turkiyaga jo`nab ketdi (tarkib)

Bir necha kundan so`ng, 9 may kuni Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo`yicha ayollar o`rtasida jahon chempionati boshlanadi. Bugun musobaqada qatnashadigan O`zbekiston terma jamoasi a`zolari Turkiyaga yo`l oldi. Milliy Olimpiya qo`mitasi bu haqda xabar bermoqda.

 

Xalqaro boks assosiasiyasining ma`lum qilishicha, bu yilgi dunyo birinchiligida ayollar boksida rekord darajada 93 ta davlatdan 419 nafar bokschi ro`yxatdan o`tgan. Unda yosh toifasi ham chegaralangan bo`lib, 1981-2002 yillarda tug`ilgan xotin-qizlar g`oliblik uchun ringga ko`tarilishadi. 

 

O`zbekiston terma jamoasi ushbu jahon chempionatida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Реклама на Unews

-48 kg: Marjona Savrieva;

-50 kg: Aziza Yoqubova;

-52 kg: Tursunoy Rahimova;

Реклама на Unews

-54 kg: Nozima Bulturova;

-57 kg: Setora Turdibekova;

-60 kg: Mohinabonu Abdullaeva;

-66 kg: Navbahor Hamidova;

-70 kg: Xadichabonu Abdullaeva;

-75 kg: Mavluda Mavlonova;

+81 kg: Mohira Abdullaeva.

Bosh murabbiy: Elshod Rasulov.

Murabbiylar: Ziyaviddin Tayganbaev, To`lqin Turg`unov, Islom Tojiboev, Sharif Narzikulov, Sahida Yoqubova.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring