Boks. Abdumalik Xalakov JChda rossiyalikni yengib, yarim finalga chiqdi

Chorak finalda Xalakov rossiyalik bokschi ustidan ishonchli gʻalaba qozondi.
 Serbiya poytaxti Belgrad shahrida boks boʻyicha Jahon chempionatining chorak final bahslari boʻlib oʻtmoqda.
Unda Abdumalik Xalakov (-60 kg) oʻzbek bokschilari orasida birinchi boʻlib yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Chorak finalda Xalakov rossiyalik Vsevolod Shumkovga qarshi bahs olib bordi. Xalakov raqibi ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Final yoʻllanmasi uchun kechadigan jangda Abdumalik Eron va Litva vakillari oʻrtasidagi bahs gʻolibi bilan bellashadi.
Biroz avval Nodirjon Mirzahmedov (-48 kg) JCH chorak finalida qozogʻistonlik Temirtas Jusupov bokschiga qarshi jang oʻtkazib, imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring