Bog`chaga boradigan bolani virusga qarshi qachon emlash kerak va qaerga murojaat qilish mumkin?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva ishtirokida brifing o`tkazildi.

Brifingda bog`chaga boradigan bolani virusga qarshi qachon emlash kerak va qaerga murojaat qilish mumkin, savoliga javob berildi.  

️— Sizni savolingizda aynan qaysi virusga qarshi emlash keltirilmagan.  Maktabgacha ta`lim muassalariga birinchi bor chiqishingiz bo`lsa, emlash jadvaliga kiritilmagan ma`lum bir viruslar (ya`ni gepatit A, gripp viruslariga) qarshi emlatish kerak bo`ladi.   Bunday holatlarda siz yashab turgan joyingizda joylashgan KTMP, OP, QOP yoki QVPda UASh yoki pediatrga murojaat etsangiz, yashash joyingizda bu viruslarga qarshi emlatish mumkin bo`lgan yaqin bo`lgan joyni aytishadi. Yoki yashash joyingizga yaqin bo`lgan xususiy vaksinasiya markaziga murojaat etishingiz mumkin.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring