Bog‘chada virus yuqtirgan tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarni davolash sarf-xarajatlari kim tomonidan qoplanadi?

Bugun AOKA shtabida Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda aholini qiziqtirgan muhim savollarga javob qaytarildi:

— MTTda virus yuqtirgan tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarni davolash tartibi mavjudmi? Muolaja sarf-xarajatlari kim tomonidan qoplanadi?  

➖ Bitta guruh tarbiyalanuvchisida kasallanish tasdiqlanganda ta’lim tashkilotining faoliyati TO‘XTATILMAYDI.

Реклама на Unews

🚧 Barcha muloqotda bo‘lganlar ro‘yxatga olinadi, guruh tarbiyalanuvchilari 14 kunga masofaviy o‘qitish tizimiga o‘tkaziladi va yashash manzili bo‘yicha oilaviy poliklinikalar tomonidan nazoratga olinadi. 

✅ 14 kunlik karantin muddati tugagandan so‘ng, klinik belgilar kuzatilmagan tarbiyalanuvchilar umumiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va an’anaviy usulda o‘qishni xohlovchilarga MTTga qatnashishiga hududiy shifokor tomonidan ruxsat beriladi.
     
🔎 Bir nafar tarbiyachida kasallik aniqlanganda MTTning faoliyati epidemiologik o‘rganishda muloqotda bo‘lganlarning soni va kasallanish tarqalishini xavfini baholashdan kelib chiqib, qaror qabul qilinadi. 

🦠 Ikki va undan ortiq tarbiyachida kasallik tasdiqlanganda ta’lim tashkilotning faoliyati hududiy Sanepidemxizmat qarori bilan 14 kun muddatga to‘xtatiladi.

Реклама на Unews

🚿 Tashkilotda Sanepidxizmatning tavsiyasiga muvofiq mukammal tozalov va dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring