BMT ocharchilik xavfi ostida bo`lgan mamlakatlarni ma`lum qildi
3181 08-11-2020 0 IqtisodAholining ochligi bilan bog`liq keskin vaziyat hozirda Burkina-Faso, Nigeriya, Janubiy Sudan va Yamanda qayd etilgan. Bu haqda «Korrespondent» BMT tarkibiga kiruvchi Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi xalqaro tashkilotining hisobotiga asoslanib xabar berdi.
Hisobotda aytilishicha, ushbu mamlakatlarning barchasida qurolli to`qnashuvlar sodir bo`lmoqda. Bu mahalliy aholining oziq-ovqat xavfsizligi holatini yanada og`irlashtirmoqda.
Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi xalqaro tashkiloti yana 16 mamlakatda ocharchilik boshlanishi xavfi yuqori ekanligini aytdi.
Реклама на Unews
Venesuela, Gaiti, Afg`oniston, Suriya, Livan, Sudan, Efiopiya, Somali, Mozambik, Serra-Leone, Mali, Niger, Kamerun, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi va Zimbabve shular jumlasidandir.
«Biz ayni vaqtda halokatli burilishdamiz. Bir vaqtning o`zida dunyoning to`rt tomonida ochlik xavfiga duch kelmoqdamiz. Ochlik e`lon qilganimiz ko`plab odamlar allaqachon halok bo`lganligini anglatadi. Agar aniq ma`lumotlarni kutib tursak, odamlar allaqachon ochlikdan vafot etgan bo`ladi» – dedi tashkilot favqulodda vaziyatlar bo`yicha direktori Margarita van der Velden.
BMT Oziq-ovqat dasturining hisob-kitoblariga ko`ra, 2020 yilda dunyoda kamida 7 million kishi ochlikdan vafot etgan.
Реклама на Unews
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.