BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Birlashgan Arab Amirliklarida uy xizmatchisi, enaga va oshpazlik qilish istagida bo`lgan ayollar uchun tanlov e`lon qilindi

Joriy yilning 14-18 iyun kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining «TadBeer – Alreaya Typing Service» kompaniyasi vakillari tomonidan ushbu davlatda uy xizmatchisi, enaga va oshpazlik sohalarida ishlash uchun fuqarolarni tanlov asosida suhbatdan o`tkazishi rejalashtirilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.

Fuqarolardan quyidagilar talab etiladi:

 25-48 yosh oralig`ida bo`lishi;

  • Uyni toza tutish, uy tozalash jihozlari bilan ishlay olish, bolalar va yoshi katta insonlar bilan kirishimli bo`lishi;
  • Arab va ingliz tillarini bilishi (majburiy emas);

 

Barcha xarajatlar, xususan aviachipta, turar joy, 3 mahal ovqatlanish, transport xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

Oylik ish haqi  400 AQSh dollari miqdorida.

Birlashgan Arab Amirliklarida ishlash istagida bo`lgan fuqarolardan mazkur tanlovda xorijga chiqish biometrik pasporti (qizil pasport) bilan ishtirok etishlari so`raladi.

Tanlov ish beruvchining talabi asosida barcha viloyat fuqarolari uchun Agentlikning viloyatlardagi filiallarida o`tkaziladi.

Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqamlar 40, 77, 88), 71 200-00-61 yoki 1282.

Tanlovda ishtirok etish uchun ro`yxatdan o`tishingiz kerak bo`ladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abituriyentlarni ogohlikka chaqirdi Oliy va o‘rtamaxsus ta’lim vazirligi 8 iyun kuni abituriyentlar va ota-onalarni ogohlikka chaqirdi.Xabarga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun tayyorgarlik jarayonlaridan foydalanib, pul evaziga biror oliygohga kiritib qo‘yishni va’da qilayotgan shaxslar uchramoqda. Xususan, Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangani, Toshkent irrigatsiya institutiga o‘qishga kiritish uchun 5 ming dollar so‘ragan shaxs, Farg‘onada Koreyadagi universitetga imtihonsiz kiritib qo‘yishni va’da qilib, maktab o‘quvchilaridan jami 20 million so‘m olgan shaxslar, Angrenda 3,5 ming dollar evaziga Jismoniy tarbiya universitetiga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani eslatib o‘tilgan.Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.Shu kabi holatlarga qo‘l urishni niyat qilgan shaxslar ham yuqoridagilardan xulosa chiqarishlarini xohlardik. Zero, sizning noqonuniy harakatlaringiz sha’ningiz va ozodligingizga rahna solishiga sababchi bo‘lmasin.«Hurmatli ota-onalar va abituriyentlarni ogohlikka chaqiramiz! Ogoh bo‘ling, aldanib qolmang! Shu kabi holatlarga qo‘l urishni niyat qilgan shaxslar ham yuqoridagilardan xulosa chiqarishlarini xohlardik. Zero, sizning noqonuniy harakatlaringiz sha’ningiz va ozodligingizga rahna solishiga sababchi bo‘lmasin», deyiladi vazirlik xabarida.

Fikr qoldiring