Bir tunda O`zbekistonda 121 nafar bemor koronavirus bilan kasallandi

2020 yil 14 oktyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 61 859 (+121) nafarni tashkil etmoqda.  

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 64 nafari Toshkent shahrida,  
  • 16 nafari Namangan viloyatida,  
  • 11 nafari Sirdaryo viloyatida,  
  • 11 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,  
  • 8 nafari Qashqadaryo viloyatida,  
  • 6 nafari Samarqand viloyatida,  
  • 5 nafari Xorazm viloyatida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.  

 

Реклама на Unews

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 58 763 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog`aygan.  

 

Реклама на Unews

Hozirda mamlakatimizda 2 584 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring