Beshta hududda yangi bemorlar aniqlandi

2020-yil 10-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 723 (+159) nafarni tashkil etmoqda, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining 78 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 29 nafari Toshkent shahrida, 10 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Xorazm viloyatida hamda yana 5 nafari Jizzax viloyatida aholi orasida, 17 nafari Navoiy viloyatida va 15 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 7 287 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Реклама на Unews

Hozirda mamlakatimizda 4 384 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 42 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring